Agar tavsifni o‘qishdan oldin ilovani yuklab olishga qo‘ysangiz, u qanday yuklanib qolganini sezmay ham qolasiz :)
Zoomrad xuddi zumrad toshi kabi serqirradir. Bu to‘laqonli mobil TO‘LOV TIZIMI va KO‘P FUNKSIYALI ONLAYN-BANKINGNI o‘zida organik tarzda BIRLASHTIRGAN qulay moliyaviy vositadir.
Zoomrad bilan siz mobil aloqa va internetdan tortib, kommunal xizmatlar va davlat bog‘chalarigacha — BARCHASI UCHUN TO‘LOV qilishingiz mumkin. Sizning qulayligingiz uchun «AVTOTO‘LOV» funksiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u sizning aloqasiz qolmasligingizni nazorat qiladi, tez-tez amalga oshiriladigan to‘lovlarni esa saqlab qo‘yish mumkin va ular doimo qo‘l ostingizda bo‘ladi. Agar o‘tkazmalaringiz tarixini diqqat bilan ko‘zdan kechirmoqchi bo‘lsangiz, siz uchun to‘liq MONITORING DOIMO BEPUL.
O‘zbekistonning barcha banklari KARTALARIGA tezkor O‘TKAZMALARNI amalga oshiring. Bor-yo‘g‘i bir nechta bosish orqali o‘tkazmangiz eng past komissiya — 0,5% bilan muvaffaqiyatli bajariladi.
Faqat Zoomrad foydalanuvchilarga kartadan kartaga O‘TKAZMALAR UCHUN KESHBEK qaytaradi. Albatta, to‘lovlarni amalga oshirishda ham foydali keshbekka ega bo‘lasiz.
Siz uchun DASHBORD ishlab chiqilgan bo‘lib, u yerda kommunal xizmatlar, internet va telefoniyani bir joyga osongina jamlashingiz mumkin. Bu sizga balansni real vaqt rejimida kuzatish, uni tezda to‘ldirish va bir bosish orqali avtoto‘lovlarni sozlash imkonini beradi.
Baʼzan pul yig‘ish qanchalik qiyin bo‘lishini tushunamiz, shuning uchun JAMG‘ARMANI (Kopilka) yaratdik. Biror narsa uchun pul yig‘ish osonroq, siz shunchaki maqsadni tanlashingiz va Zoomradga jamg‘armani qachon va qanday to‘ldirish kerakligini ko‘rsatishingiz kerak, Zoomrad esa yig‘ib beradi.
Identifikatsiyadan o‘tgan Zoomrad foydalanuvchilari moliyaviy vositalar va mahsulotlardan to‘liq foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. AloqaBank kartalari egalari kartani ilovaga qo‘shish vaqtida tezkor onlayn identifikatsiyadan o‘tish imkoniyatiga egadirlar.
Zoomrad moliyaviy mahsulotlar vitrinasiga nazar soling va albatta o‘zingiz uchun keraklisini topasiz. O‘z jamg‘armalarining xavfsizligiga ishonch hosil qilishni va ularni ko‘paytirishni istaganlarga foydali OMANATLARNI, pul zudlik bilan kerak bo‘lganlarga esa shaffof MIKROQARZLARNI taklif etamiz. Qulayligingiz uchun ilovadan chiqmasdan KARTA BUYURTMA QILISH imkoniyati ham mavjud va karta sizga qisqa muddatda yetkazib beriladi.
Zoomradni tezroq yuklab oling va ijtimoiy tarmoqlarda o‘z taassurotlaringiz bilan bo‘lishishni unutmang.
Oxirgi yangilanish
7-apr, 2023